Kontent qismiga oʻtish

James Maddison

Vikipediya, erkin ensiklopediya
James Maddison
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi James Daniel Maddison[1]
Tavallud sanasi 1996-yil 23-noyabr (1996-11-23) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Coventry, Angliya
Boʻyi 1.75 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leicester City
Raqami 10-raqam
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013 Coventry City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2016 Coventry City 24 (4)
2016—2018 Norwich City 47 (15)
2016 → Coventry City 11 (1)
2016—2017 → Aberdeen 14 (2)
2018—2023 Leicester City 163 (43)
2023— Tottenham Hotspur 59 (13)
Milliy terma jamoa
2017—2019 Angliya U21[5] 9 (1)
2019— Angliya 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 7-avgust uchun)

James Daniel Maddison (talaffuzi: Jeyms Meddison) (1996-yil 23-noyabrda tugʻilgan) – ingliz professional futbolchisi, Angliya Premyer-ligasining „Tottenham Hotspur“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Maddison oʻz faoliyatini 2016-yilda Norvichga qoʻshilishdan oldin „Coventry City“da boshlagan. U 2016—2017-yilgi mavsumni Shotlandiya Premyer-ligasining „Aberdeen“ klubida ijara asosida oʻtkazdi. „Norwich“dagi birinchi mavsumida Maddison PFA chempionatining eng yaxshi jamoasi va „Angliya Futbol ligasi“ mavsumining eng yaxshi jamoasi deb topilgan.

Maddison 2017—2019-yilgacha, 21 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida oʻynagan va 2019-yilda kattalar jamoasida bir marta maydonga tushgan.

Maddison Gʻarbiy Midlend shtatining Coventry shahrida tugʻilib oʻsgan[6]. Uning bobosi va buvisi orqali irlandiyalik qarindoshlari bor[7].

Coventry City

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maddison „Coventry City“ yoshlar jamoasiga qoʻshildi va 2013—2014-yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibiga kiritildi[8], lekin u maydonga tushmadi. U 2014-yilning avgustida debyutini oʻtkazgan va Liga Kubogida „Kardiff City“ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan[9]. Maddison oʻzining ligadagi debyutini yana zaxirada oʻtkazdi, „Bristol City“ga qarshi uydagi 3:1 hisobida magʻlub boʻldi va keyingi oʻyinda „Oldham Atletic“ga qarshi birinchi ligani boshladi.

2014-yil noyabr oyida u oʻzining uch yarim yil davom etgan birinchi professional shartnomasini imzoladi[10]. 2014—2015-yilgi mavsumning koʻp qismini zaxirada oʻtkazgan, „Donkaster Rovers“ga qarshi oʻyinda, jamoa magʻlubiyati paytida, qizil kartochka olib maydonni tark etdi[11][12].

Maddison 2016-yilning 1-fevralida nomaʼlum toʻlov evaziga Premyer-liganing „Norwich City“ klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi, ammo 2015—2016-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun darhol „Coventry City“ga ijaraga berildi[13].

Maddison 2016-yilning 23-avgustida „Norwich“ safida oʻzining sobiq jamoasi „Coventry“ga qarshi Angliya kubogi bahsida debyut qildi[14]. 2016-yil 31-avgustda Maddison 2016—2017-yilgi mavsumning birinchi qismi uchun Shotlandiya Premyer-ligasining „Aberdeen“ klubiga ijaraga berildi[15]. U „Inverness Thistle“ga qarshi oʻyinda debyut qildi, keyin esa „Dandi“ga qarshi yakuniy 3:1 hisobida gʻalaba bilan tugagan oʻyinda maydonga tushdi va gol urdi[16]. U 25-sentabr kuni „Reynjers“ga qarshi soʻnggi daqiqada gʻalaba qozondi[17].

Aberdeendagi ijara muddatidan qaytgach, Maddison 2017-yil 17-aprelda Norwich uchun uzoq kutilgan ligada debyut qildi, ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi va „Preston North End“ga qarshi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Maddison iyun oyida yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi[18]. Yangi bosh murabbiy Daniel Farke kelishi bilan Maddison 2017—2018-yilgi mavsumda jamoada muntazam maydonga tushdi[19]. Shuningdek Liga chempionatida mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini oldi[20].

Leicester City

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maddison 2019-yilda „Leicester City“da oʻynaydi

Maddison 2018-yil 20-iyun kuni Premyer-liganing „Leicester City“ klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi, uning maoshi 20 funt sterling atrofida edi[21]. U Premyer-ligadagi ilk golini, 18-avgust kuni „Wulverhampton“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[22][23][24].

2020-yil 27-sentabr kuni Maddison ligada „Manchester City“ga qarshi oʻyinda (5:2) jarima maydonchasi tashqarisidan gol urdi va keyinchalik Premyer-ligada oyning eng yaxshi goli deb topildi[25][26].

2021-yil 11-aprelda Maddison COVID-19 protokollarini buzgani uchun „West Ham United“ga qarshi oʻyinda „Leicester“ tarkibidan chetlatilgan uch futbolchidan biri edi[27].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maddison 2016-yilning mart oyida Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritilgan[28], ammo jarohati tufayli oʻynay olmadi[29]. U 2017-yil noyabr oyida Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga ilk chaqiruvini oldi[28] va 2019-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida Ukrainaga qarshi debyut qildi[30]. U 2018-yilning oktyabr oyida Xorvatiya va Ispaniyaga qarshi UEFA Millatlar Ligasi oʻyinlari uchun kattalar jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi[31].

2019-yil 27-may kuni Maddison Angliyaning 2019-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati[32] uchun Angliyaning 23 kishilik tarkibiga kiritildi va 24 iyun kuni San-Marino stadionida Xorvatiya bilan 3:3 hisobidagi durang oʻyinda oʻz mamlakati uchun ilk golini kiritdi[33].

Maddison 2019-yil oktyabr oyida kasallik tufayli kattalar tarkibini tark etgan edi[34]. Keyinchalik uni kazinoga tashrif buyurganida koʻrishgan, garchi uning xatti-harakatini klub menejeri Brendan Rojers himoya qilgan[35][36].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maddison va uning turmush oʻrtogʻi Kennedi Aleksa 2021-yil iyul oyida Leo ismli oʻgʻil koʻrdi[37]. Leoning choʻqintirgan otasi Maddisonning Leicesterdagi sobiq jamoadoshi Ben Chelwelldir[38].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Coventry City 2013—2014 Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 — 0 0 0 0
2014—2015 Birinchi liga 12 2 1 0 1 0 — 4 0 18 2
2015—2016 Birinchi liga 23 3 0 0 1 0 — 0 0 24 3
Jami 35 5 1 0 2 0 — 4 0 42 5
Norwich City 2016—2017 Chempionship 3 1 0 0 1 0 — — 4 1
2017—2018 Chempionship 44 14 2 0 3 1 — — 49 15
Jami 47 15 2 0 4 1 — — 53 16
Norwich City U23 2016—2017 — — — — — 1 1 1 1
Aberdeen (Ijara) 2016—2017 Shotlandiya Premyer-ligasi 14 2 — 3 0 — — 17 2
Leicester City 2018—2019 Premyer-liga 36 7 1 0 1 0 — — 38 7
2019—2020 Premyer-liga 31 6 2 0 5 3 — — 38 9
2020—2021 Premyer-liga 31 8 4 1 1 0 6 2 — 42 11
2021—2022 Premyer-liga 35 12 2 1 2 1 13 4 1 0 53 18
2022—2023 Premyer-liga 1 0 0 0 0 0 — — 1 0
Jami 134 33 9 2 9 4 19 6 1 0 172 45
Karyerada jami 230 55 12 2 18 4 19 6 6 1 285 69
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Angliya 2019 1 0
Jami 1 0

Leicester City

  • Angliya kubogi: 2020—2021[39].
  • FA hamjamiyat qalqoni: 2021[40].

Shaxsiy yutuqlari

  • EFL oyining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2018-yil yanvar[41].
  • Yilning PFA jamoasi: 2017—2018[42].
  • Norwich City mavsumining eng yaxshi futbolchisi: 2017—2018[19].
  • Leicester City yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021—2022[43].
  • Anliya Futbol ligasining mavsum jamoasi: 2017—2018[44].
  • Premyer-ligada oyning eng yaxshi goli: 2020-yil sentyabr[45].
  1. ↑ „Premier League clubs publish 2019/20 retained lists“. Premier League (2020-yil 26-iyun). Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  2. ↑ „James Maddison“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  3. ↑ „James Maddison: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  4. ↑ Sharpe, James. „James Maddison 'one of most exciting young talents in English football' says Claude Puel“ (2018-yil 20-iyun). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  5. ↑ „England's matches: The under 21's: 2010–20“. England Football Online (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
  6. ↑ „James Maddison“. The Football Association. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  7. ↑ „Leicester star James Maddison considering international switch to Republic of Ireland“. belfasttelegraph.co.uk. Independent News & Media (2019-yil 24-avgust). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  8. ↑ Crowley. „Pressley stays unchanged for Stevenage“. Coventry City F.C. (2013-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  9. ↑ Connoll. „Match report: Coventry City 1–2 Cardiff City“. Coventry City F.C. (2014-yil 13-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  10. ↑ Joyce. „Coventry City midfielder James Maddison signs a three-and-a-half-year deal with the club“. Coventry City F.C. (2014-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  11. ↑ „Doncaster Rovers 2–0 Coventry City“. BBC Sport (2014-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  12. ↑ Turner, Andy. „Sky Blues starlet James Maddison struggling to be fit for FA Youth Cup game at Manchester City“. Coventry Telegraph (2015-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  13. ↑ „Transfer news: City sign Coventry's James Maddison“. Norwich City F.C. (2016-yil 1-fevral). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  14. ↑ „Norwich 6-1 Coventry“. BBC (2016-yil 23-avgust). Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
  15. ↑ „Norwich City midfielder James Maddison joins Aberdeen on loan“. BBC Sport (2016-yil 31-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  16. ↑ Young, Chick. „Dundee 1–3 Aberdeen“. BBC Sport (2016-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  17. ↑ Ralston, Gary. „Aberdeen 2 Rangers 1: James Maddison hits perfect free-kick to win it for Dons – three things we learned“. Daily Record (2016-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  18. ↑ „James Maddison signs new deal with the Canaries“ (en-gb). www.canaries.co.uk. 2019-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
  19. 1 2 „James Maddison: It's one of the best awards you can get“. Norwich City F.C. (2016-yil 28-aprel). 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  20. ↑ „EFL awards: Tom Cairney, Ruben Neves & Ryan Sessgenon on Championship shortlist“. BBC Sport (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
  21. ↑ „Leicester sign midfielder James Maddison from Norwich on five-year deal“. BBC Sport (2018-yil 20-iyun). Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  22. ↑ Poole, Harry. „Leicester City 2–0 Wolverhampton Wanderers“. BBC Sport (2018-yil 18-avgust). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  23. ↑ Mann, Mantej. „Leicester City 3–1 Huddersfield Town“ (2018-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  24. ↑ „Maddison agrees new Leicester deal“. BBC Sport.
  25. ↑ „Man City 2–5 Leicester: Jamie Vardy scores hat-trick in stunning Foxes victory over Man City“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
  26. ↑ „Maddison strike voted September 2020's Budweiser Goal of the Month“ (en). www.premierleague.com. Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
  27. ↑ „James Maddison among Leicester players dropped for Covid-19 breach“. BBC Sport (2021-yil 11-aprel). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  28. 1 2 Veevers. „The England U21s squad to face Ukraine in Kiev has been named by boss Aidy Boothroyd“. The Football Association (2017-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  29. ↑ Maddison. „England U21s newboy James Maddison gives us his story after first call-up to squad“. The Football Association (2017-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  30. ↑ „Ukraine U21 0–2 England U21“. BBC Sport (2017-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  31. ↑ „James Maddison, Jadon Sancho and Mason Mount named in England squad“. BBC Sport (2018-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  32. ↑ „ENGLAND U21S SQUAD NAMED BY AIDY BOOTHROYD FOR THIS SUMMER'S EURO FINALS IN ITALY“. The Football Association (2019-yil 27-may). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  33. ↑ „England U21 3–3 Croatia U21“. BBC Sport (2019-yil 24-iyun). Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  34. ↑ „James Maddison: England and Leicester midfielder withdraws from Euro 2020 qualifiers squad“. BBC Sport (2019-yil 10-oktyabr).
  35. ↑ „James Maddison: Leicester boss Brendan Rodgers backs midfielder after casino 'mistake'“. BBC Sport (2019-yil 17-oktyabr).
  36. ↑ McNulty, Phil. „England 7–0 Montenegro“. BBC Sport (2019-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
  37. ↑ „Footballer James Maddison cradles his newborn son Leo in adorable snap“ (en-US). DUK News. 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  38. ↑ Abbott. „Ben Chilwell shares touching family moment with James Maddison after game“ (en). LeicestershireLive (2021-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
  39. ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester City“. BBC Sport (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 16-may.
  40. ↑ Hafez, Shamoon. „Leicester City 1–0 Manchester City“. BBC Sport (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2021-yil 8-avgust.
  41. ↑ „Norwich City: James Maddison rewarded for fine January form“. English Football League (2018-yil 9-mart). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  42. ↑ „PFA Championship Team of the Year: Wolves & Fulham trios named in line-up“. BBC Sport (2018-yil 18-aprel). Qaraldi: 2018-yil 5-may.
  43. ↑ „Maddison & O’Brien Scoop POTS Prizes At LCFC End Of Season Awards“. Leicester City F.C. (2022-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  44. ↑ „#EFL2018: EFL Awards“. English Football League (2018-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  45. ↑ „Maddison strike voted Budweiser Goal of the Month“. Premier League (2020-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.