Kontent qismiga oʻtish

Andrew Wiles

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andrew Wiles
Tavalludi 1953-yil 11-aprel (1953-04-11) (73 yosh)
Cambridge, Angliya
Fuqaroligi Angliya
Sohasi Matematika
Institutlar
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari Taniyama–Shimura gipotezasi isboti, shu bulan bir qatorda Fermatning soʻnggi teoremasi isboti
Iwasawa teoreyasining asosiy gipotezasi isboti
Mukofotlari

Andrew Wiles (talaffuzi: Endryu Uayls) (1953-yil 11-aprelda tugʻilgan)[1]  — angliyalik-amerikalik matematik. Sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1996-yil Wolf mukofotini olgan. Fermatning soʻnggi teoremasini isbotlab bergani uchun 2016-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[2].

Wiles 1974-yilda Oxford universitetining Merton kollejida bakalavr darajasini olgan[3] . 1975-yil yozida Cambridge universitetining Clare kollejida ilmiy faoliyatini boshlagan va u yerda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4]. 1977-1980-yillarda Clare kollejida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan[5].

Wiles 1981-yil Princeton universitetida ishlay boshlagan[6]. 1985–86-yillarda Parisdagi Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida hamda Oliy normal maktabda ishlagan. 1988–90-yillarda Oxford universitetida ishlagan, soʻngra Princetonga qaytgan va u yerda 2009-yilgacha ishlagan. 2011-yilda yana Oxfordga qaytgan[6].

  1. ↑ „Andrew Wiles“. famous-mathematicians.com (2012-yil 20-yanvar).
  2. ↑ „2016: Sir Andrew J. Wiles“. www.abelprize.no. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  3. ↑ „Sir Andrew Wiles appointed first Regius Professor of Mathematics at Oxford“. News & Events. Oxford universiteti (2018-yil 31-may). 2018-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  4. ↑ „Andrew Wiles“. National Academy of Sciences. 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  5. ↑ „Alumni“. King's College School, Cambridge. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  6. 1 2 O'Connor, John J.; Robertson, Edmund F. „Andrew John Wiles Biography“. MacTutor History of Mathematics archive (2009-yil sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.