Kontent qismiga oʻtish

Mike Penders

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mike Penders
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mike Louis Penders[1]
Tavallud sanasi 2005-yil 31-iyul (2005-07-31) (21 yosh)
Tavallud joyi Maasmechelen, Belgiya
Boʻyi 2.00 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Strasbourg
(Chelseadan ijaraga olingan)
Raqami 39
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010–2016 Boorsem Sport
2016–2018 Bregel Sport
2018–2022 Genk
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022–2024 Jong Genk 39 (0)
2022–2025 Genk 21 (0)
2025– Chelsea 0 (0)
2025– → Strasbourg (ijara) 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 17-avgust uchun)

Mike Louis Penders (2005-yil 31-iyulda tugʻilgan) – belgiyalik professional futbolchi, darvozabon sifatida Ligue 1ning „Strasbourg“ klub (Premyer-liganing „Chelsea“ jamoasidan ijaraga olingan) darvozaboni.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Penders dastlab „Boorsem Sport“ va „Bregel Sport“ jamoalari akademiyasida tarbiya topgan, 2018-yilda esa „Genk“ning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan[3].

2021-yil 30-aprelda u „Genk“ bilan ilk professional shartnomasini imzoladi[4]. 2022-yil 25-may kuni esa shartnomasini 2025-yilga qadar uzaytirdi[5].

2022–2023-yilgi mavsumda u zaxira jamoasi „Jong Genk“ tarkibda oʻynay boshladi[2] va uyerda „Lierse“ga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan oʻyinda debyut qildi[6][7].

2023-yil 23-avgustda u shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirdi[8]. 2023–2024-yilgi mavsumdan esa Penders „Jong Genk“ jamoasiga sardor etib tayinlandi[7].

2024-yil 28-iyulda Maarten Vandevoordtning klubni tark etishi va Hendrik Van Crombruggening jarohati ortidan Penders „Genk“ning asosiy jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi[9]. Futbolchi „Standard Liège“ga qarshi Belgiya Pro Ligasidagi uchrashuvda (0:0) debyut qildi. Bu vaqtda u 18 yosh-u 363 kunlik boʻlib, liga tarixida maydonga tushgan eng yosh uchinchi darvozabonga aylandi[10].

2024-yil 27-avgust kuni Pendersning 2025-yil yozida Premyer-liganing „Chelsea“ jamoasiga qoʻshilishi eʼlon qilindi[7][11].

2025-yil 28-iyulida esa u Ligue 1 klubi „Strasbourg“ga bir mavsumlik ijara asosida qoʻshildi[12].

Terma jamoadagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Penders Belgiya yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. 2023-yilda u Belgiya U-19 terma jamoasiga chaqirilgan va u yerda sardorlik ham qilgan[13].

2025-yil 17-avgust holatiga koʻra[14]
Klub Mavsum Liga Mahalliy kuboklar[a] Liga kubogi[b] Mintaqavoy Boshqa Umumiy
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Jong Genk 2021–2022 Challenger Pro League 00————00
2022–2023 Challenger Pro League 90————90
2023–2024 Challenger Pro League 250————250
2024–2025 Challenger Pro League 50————50
Umumiy 390————390
Genk 2024–25 Belgian Pro League 21040———250
Chelsea 2024–2025 Premyer-liga ————0000
2025–2026 Premier League 00000000—00
Umumiy 000000000000
Strasbourg (ijara) 2025–2026 Ligue 1 100000—10
Karyerasidagi umumiy 61040000000650

Chelsea

  1. ↑ „Squad List: FIFA Club World Cup 2025: Chelsea FC (ENG)“. FIFA (2025-yil 15-iyun). Qaraldi: 2025-yil 15-iyun.
  2. 1 2 „Wie is Mike Penders, de 18-jarige talentvolle doelman van KRC Genk die titularis is in 1B?“. Voetbalflitsen.be - het leukste en opvallendste voetbalnieuws! (2023-yil 22-avgust).
  3. ↑ „Mike Penders verlengt contract tot 2028“ (nl-BE). KRC Genk (2023-yil 26-avgust). Qaraldi: 2025-yil 5-iyun.
  4. ↑ „KRC Genk legt drie jonge talenten vast tot 2024“ (nl-BE). HBVL (2021-yil 30-aprel). Qaraldi: 2025-yil 5-iyun.
  5. ↑ „KRC Genk verlengt contract van jonge doelman Mike Penders (16)“ (nl-BE). HBVL (2022-yil 25-may). Qaraldi: 2025-yil 5-iyun.
  6. ↑ „Met lef én een killer instinct: Jong Genk wint eerste profmatch met 4-1 van Lierse Kempenzonen“ (nl-BE). HBVL (2022-yil 14-avgust). Qaraldi: 2025-yil 5-iyun.
  7. 1 2 3 „Official: Mike Penders makes top transfer to Chelsea FC“ (2024-yil 27-avgust). Qaraldi: 2025-yil 5-iyun.
  8. ↑ „KRC Genk verlengt contract van doelman Mike Penders tot 2028 (Jupiler Pro League) | Het Belang van Limburg“.
  9. ↑ „Penders (18) onder de lat bij Genk: Courtois is hier eveneens jong begonnen“ (nl-BE). VoetbalPrimeur.be (2024-yil 26-iyul). Qaraldi: 2025-yil 5-iyun.
  10. ↑ Geukens, Marnik „Chelsea zet zijn zinnen op 18-jarige Belgische doelman Mike Penders (KRC Genk)“ (nl-BE). Het Nieuwsblad (2024-yil 29-iyul). Qaraldi: 2025-yil 5-iyun.
  11. ↑ „Mike Penders to join Chelsea“ (en). Chelsea F.C. (2024-yil 27-iyul). Qaraldi: 2025-yil 5-iyun.
  12. ↑ „Mike Penders joins Strasbourg on loan“. www.chelseafc.com (2025-yil 28-iyul). Qaraldi: 2025-yil 28-iyul.
  13. ↑ „Mike Penders en Josue Kongolo (KRC Genk) naar eliteronde EK 2024 | Het Belang van Limburg“.
  14. ↑ Mike Penders Soccerway saytida
  15. ↑ Begley, Emlyn „Chelsea 3–0 PSG“. BBC Sport (2025-yil 13-iyul). Qaraldi: 2025-yil 13-iyul.