Kaprolaktam
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kaprolaktam — ye - aminokaprolaktam kislotaning laktami, oq rangli kristall modsa, suyuqlanish temperaturasi 68—69°, qaynash temperaturasi 262,5°. Suvda va organik erituvchilarda, mas, spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Kaprolaktamning muhim xossasi polimerlanib qimmatbaho polimerpolikaproamid hosil qilishidir. Kaprolaktam i.ch.ning asosiy usullaridan biri — siklogeksanni havo kislorodi bilan katalitik oksidlab siklogeksanonga, soʻngra uni gidroksilamin bilan taʼsir ettirib siklogeksanonoksimga aylantirishga asoslangan. Soʻnggi oraliq mahsulot Bekman qayta guruhlanishi orqali kaprolaktamga aylantiriladi. Kaprolaktam fenoldan ham sintez qilinadi. Kaprolaktam poliamid plastmassalar, plyonkalar, sunʼiy tolalar va lizinlar olishda qoʻllanadi. Oʻzbekistonda kaprolaktam Chirchiq shahridagi zavodda ishlab chiqariladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |