Kontent qismiga oʻtish

Kain

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kain
Tavalludi mil. avv. 3900[1]
Vafoti mil. avv. 3200[1]
Fuqaroligi
Otasi Odam Ato
Onasi Momo Havvo

Kain (qadimgi ivritcha: קין — „qoʻlga kiritish, olish, yaratish“ maʼnosini anglatuvchi קנה kana oʻzagidan[2]; arabcha: قابيل — Qobil; qadimgi yunoncha: Κάιν, lotincha: Cain) — Bibliyaga koʻra, Odam Ato va Momo Havvoning toʻngʻich oʻgʻli (Ibtido 4). Yer yuzida tugʻilgan ilk inson (Ibtido 4:1-2), ayni paytda birinchi qotil. Kain Xanuxning (Yenox) otasi va uning naslining asoschisidir.

Kain ismi oʻz yaqinlariga nisbatan pastkashlikka (qotillik boʻlishi shart emas) qodir boʻlgan yovuz, hasadgoʻy odam uchun umumiy otga aylanib qolgan. Sharqiy slavyan xalq etimologiyasida Kain nomi bilan qadimgi rus tilidagi „laʼnatlamoq“ maʼnosini anglatgan „окаяти“ feʼli oʻrtasida bogʻliqlik koʻriladi, zamonaviy rus tilidagi „okayanniy“ (mal’un, laʼnati) soʻzi ham shu feʼldan kelib chiqqan[3].

Gnostitsizmda Kain Iblis (shayton) va Momo Havvoning oʻgʻli hisoblanadi. Bunday qarashni Kiprlik muqaddas Yepifaniy, Lionlik muqaddas Iriney va Tertullianlar qayd etishgan. Bu fikr yahudiy midrashlarida ham mavjud[4][5][6].

  1. 1 2 (unspecified title)
  2. [{{{link}}} Kain] — Manba:ЭЕЭ.
  3. Окаянный // Этимологический словарь Крылова. Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (16-mart 2010-yil).
  4. Andoza:Sfn0.
  5. Епифаний Кипрский. Панарион. Против архонтиков, двадцатой и сороковой ереси (гл. 5). Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (18-may 2019-yil).
  6. Тертуллиан. О плоти Христа (гл. 17). Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (16-sentyabr 2019-yil).