Kontent qismiga oʻtish

James Michael Justin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
James Justin
Justin playing for Leicester City in 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi James Michael Justin[1]
Tavallud sanasi 1998-yil 23-fevral (1998-02-23) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Luton, England
Boʻyi 6 fut 0 inches (1.83 m)[3]
Ampluasi Wing-back, full-back, centre-back
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leeds United
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005–2015 Luton Town

Jeyms Maykl Jastin -(1998-yil 23-fevralda tugʻilgan, Luton) — ingliz futbolchisi, Angliya Premer-ligasining „Leicester City“ klubida himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bedfordshirning Luton shahrida dunyoga kelgan Jastin 2005-yilda „Luton Town“ futbol akademiyasiga oʻqishga kirgan. U 2016-yilning 7-mayida 2015-2016-yilgi mavsumning 2-ligasining oxirgi turida „Exeter City“ga qarshi o‘yinda „Xatterlar“ safida debyut qildi[4]. 2016-2017-yilgi mavsumda u „Luton“ning asosiy jamoasi futbolchisiga aylandi. Mavsum yakunida u „Luton Town“ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi[5]. 2018-2019-yilgi mavsum yakunida u jamoasiga Liga gʻalaba qozonishda yordam berdi, shu bilan birga chempionatda 43 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi.

2019-yilning 28-iyunida u Premer-liganing „Leicester City“ klubiga o‘tdi va ular bilan besh yillik shartnoma imzoladi[6]. 2019-yil 24-sentyabrda Jastin Angliya futbol ligasi kubogining uchinchi bosqichida „Luton Town“ga qarshi o‘yinda „Leicester City“ safidagi debyutida gol urdi[7]. U Premer-ligadagi debyutini 2019-yilning 4-dekabrida oʻtkazdi hamda „Uotford“ga qarshi oʻyinda Xarvi Barns oʻrniga maydonga tushdi[8].

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliyaning 20 va 21 yoshgacha boʻlgan jamoalari uchun turnirida qatnashgan.

2022-yil 4-iyun kuni Vengriyaga qarshi o‘yinda Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan[9].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 1-iyunida Jastin 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi 2017-yilgi Yevropa chempionati oldidan Ispaniyada o'tkaziladigan turnir uchun Angliyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga chaqirildi. Biroq 18 kishilik yakuniy tarkibga kirmagan. Jastin 2017-yilning 24-avgustida Gollandiya va Shveytsariyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini uchun Angliyaning 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasiga ilk chaqiruvini oldi. U bir haftadan so'ng Gollandiya ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozonib, 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Jastin to'liq debyutini Shveytsariyaga qarshi o'yindan to'rt kun o'tib, 62-daqiqada almashtirilishidan so'ng o'tkazdi, o'yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

Jastin 2019-yilning 30-avgustida Angliyaning 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasiga ilk bor 2021-yilgi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Turkiya va Kosovoga qarshi ikkita o‘yinga chaqirildi. U 9-sentabr kuni Kosovo ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan jarohatlangan Maks Aaronsning o'rniga 80-daqiqada o'yinda debyut qildi.

„Luton Town“

  • Birinchi liga chempioni: 2018-2019-yillar

Shaxsiy yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Luton Town“ mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2016-2017-yillar, 2018-2019-yillar
  • EFL oyining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2018-yil noyabr[10]
  • Liga 1da Yilning PFA jamoasi aʼzosi: 2018-2019-yillar[11]
  1. ↑ „EFL: Club retained and released lists published“. English Football League (2016-yil 23-iyun). Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.
  2. ↑ „James Justin“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.
  3. ↑ „James Justin: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 12-iyul.
  4. ↑ „Luton Town 4-1 Exeter City“ (en) (2016-yil 7-may). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  5. ↑ Mike Simmonds. „Hylton cleans up at Town's end of season awards“ (en). Luton Today (2017-94-24). 2019-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  6. ↑ „James Justin: Leicester's Brendan Rodgers makes Luton full-back his first signing“ (en) (2019-yil 28-iyun). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  7. ↑ „Luton Town 0-4 Leicester City: Demarai Gray & James Justin goals ease Foxes into fourth round“ (en) (2019-yil 24-sentyabr). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  8. ↑ „Leicester 2-0 Watford: Jamie Vardy and James Maddison on target“ (en) (2019-yil 4-dekabr). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  9. ↑ „Hungary vs. England“ (en). Soccerway.com (2022-yil 4-iyun). 2022-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
  10. ↑ „James Justin: Luton Town defender wins EFL Young Player of the Month award“ (en) (2018-yil 20-dekabr). 2019-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  11. ↑ „League One: Barnsley dominate PFA selection of team of 2018–19“ (en) (2019-yil 24-aprel). 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.